Image

2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Bugun mamlakatimizning muhim davlat ramzlaridan biri — Davlat gerbi qabul qilingan kunni yodga olamiz.
1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan Davlat gerbi xalqimizning tinchlik, farovonlik, mehnatsevarlik va mustaqillik kabi ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan. Gerbdagi quyosh nuri, bug‘doy boshoqlari, paxta shoxlari, Humo qushi va sakkiz qirrali yulduz yurtimizning yorqin kelajagi, baxt-saodati hamda milliy birlik timsolidir.
Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir. Bayrog‘imiz, Gerbimiz va Madhiyamiz — milliy g‘ururimiz va mustaqilligimiz ramzlari!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer