- Admin
- 07.07.2026
- 550
Kitob – ma'rifat va taraqqiyot manbai!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Gulobod MFY” aholisi ishtirokida kitobxonlikni keng targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi adabiyotlar tanishtirildi, mutolaaning inson kamolotidagi oʻrni haqida suhbat olib borildi hamda kitob oʻqishga qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berildi. Faol kitobxonlar bilan fikr almashilib, kitob mutolaasining oila va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholining maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yosh avlodni mutolaaga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.Kitob o‘qing, bilim oling, kelajagingizni bunyod eting!