- Admin
- 09.07.2026
- 44
Ekskursiya
Ekskursiya Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari D. Xamzayeva tomonidan olib borildi.
Unda kutubxonamizning yangi a'zosi — Sulaymonov Lazizjon Sanoqul o‘g‘li, Jarqishloq MFY yoshlar yetakchisi kutubxona faoliyati, kitob fondida mavjud badiiy, ilmiy, o‘quv va sohaviy adabiyotlar, elektron resurslar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.Bunday ekskursiyalar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma'naviy-ma'rifiy muhitni mustahkamlash hamda kutubxona xizmatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.