Image

“Siyosiy-ma’rifat soati”

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida hafta mobaynidagi eng muhim siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy yangiliklar, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.
“Siyosiy-ma’rifat soati” davlat xizmatchilarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, yurt ravnaqiga daxldorlik hissini mustahkamlash, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish hamda kasbiy faoliyatda mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida mazkur ma’rifiy mashg‘ulotlar har hafta juma kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer