- Admin
- 16.07.2026
- 242
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazayotgan bolalar uchun ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxonaning faoliyati, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, bolalar o’zlarini qiziqtirgan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tomosha qilib, mutolaaning ahamiyati haqida foydali ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Bunday ekskursiyalar yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo’lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.