- Admin
- 20.07.2026
- 308
Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga "Nuroniy" jamgʻarmasining faol xotin-qizlari tashrif buyurishdi.
Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga "Nuroniy" jamgʻarmasining faol xotin-qizlari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi, elektron xizmatlar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga yangi adabiyotlar, ma'naviy-ma'rifiy hamda badiiy asarlar haqida batafsil ma'lumot berildi.Ekskursiya davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar kutubxonada yaratilgan imkoniyatlarni yuksak baholab, bunday ma'rifiy uchrashuvlar yoshlar va keng jamoatchilik uchun ham foydali ekanini ta'kidladilar. Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi barchani kitob mutolaasi olamiga chorlaydi!