- Admin
- 22.07.2026
- 176
"Vatan ravnaqi – oliy maqsad" kitob ko‘rgazmasi.
Joriy yilning 24-iyul sanasi munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi munosabati bilan "Vatan ravnaqi – oliy maqsad" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan Prezidentimizning davlat boshqaruvi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi hamda ma'naviy yuksalish g‘oyalarini yorituvchi kitoblar, risolalar va boshqa adabiyotlar o‘rin oldi.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarni yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirish, Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.