Image

” Yoshlar kuni”

” Yoshlar kuni”  “Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni” munosabati bilan

Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi direktori N.Kaxorova hamda bir guruh yoshlar Samarqand tumandagi "Uroqov Shuxrat" fermer xo`jaligi  yosh fermeri Maxmudjonov Sherzod Shuxratovich rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Maxmudjonov Sherzod Shuxratovich hamda boshqa yosh fermerlar bilan ochiq va samimiy muloqot oʻtkazildi. Suhbatda kitob mutolaasining shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi oʻrni, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini oʻrganishda ilmiy adabiyotlarning ahamiyati hamda doimiy bilim va tajriba almashishning foydasi haqida fikr yuritildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va yoshlarni mutolaaga keng jalb etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer