Image

EKSKURSIYA DAVOM ETMOQDA!

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi ekskursiya tashkil etildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari D. Xamzayeva tomonidan Samarqand tuman Agrobank xodimi Sultonov Sherzod uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi.
Ekskursiya davomida mehmonga kutubxonamiz fondidagi badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda sohaviy adabiyotlar, elektron resurslar va zamonaviy axborot xizmatlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ekskursiya yakunida Sultonov Sherzod kutubxonamizning yangi a'zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va o‘zini qiziqtirgan adabiyotlarni mutolaa qilishni boshladi.
 Siz ham Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuring, boy kitob fondimiz va zamonaviy axborot xizmatlarimizdan unumli foydalaning!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer