Image

KUTUBXONAMIZDA YANGI KO‘RGAZMA: 20 TA NOMDA, 98 TA NUSXADA IMKONIYAT!

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi fondi III- chorakda ajoyib va intizorlik bilan kutilgan kitoblar bilan boyidi!
Barcha kitobsevarlarni eng sara asarlar jamlangan "Yangi adabiyotlar" ko‘rgazmasiga taklif etamiz.
 Raqamlarda aytganda:
20 nomdagi mutlaqo yangi asarlar
96 nusxadagi sara kitoblar jamlanmasi
 Koʻrgazmadan joy olgan asosiy yoʻnalishlar:
 Turkiy adabiyotlar: Qardosh xalqlar adabiyotining eng sara va ta’sirli durdonalari.
 O‘zbek adabiyoti: Milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy o‘zbek ijodkorlarining eng yangi asarlari.
 Psixologik kitoblar: Inson qalbini anglash, shaxsiy rivojlanish va dunyoqarashni kengaytiruvchi eng soʻnggi nashrlar.
Yangi sahifalar, yangi hislar va yangi bilimlar sizni kutmoqda. Ilk kitobxonlardan biri bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer