- Admin
- 28.07.2026
- 1078
Kitob – ma'naviyat va donishmandlik manbai
Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga “Gulobod MFY” da istiqomat qiluvchi nafaqadagi onaxonlar tashrif buyurishdi.Tashrif davomida onaxonlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan badiiy va ma'naviy adabiyotlarni mutolaa qildilar. Samimiy suhbatlar, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish va iliq taassurotlar uchrashuvga alohida fayz bag‘ishladi.Bunday tashriflar kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, avlodlar o‘rtasida ma'naviy rishtalarni mustahkamlash hamda kitobga bo‘lgan mehrni oshirishga xizmat qiladi.