- Admin
- 30.07.2026
- 528
"Yoshlar kuni" doirasida – "Sport kuni"
"Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Sport kuni" tadbiri doirasida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi direktori N. Kaxorova boshchiligida bir guruh yoshlar "Shukran" fitness klubiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida fitness klub rahbari Saidmurodova Magʻfirat bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv samimiy ruhda kechib, sport va kitobxonlikning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar sog‘lom fikrlaydigan, bilimli va vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi yoshlarning intellektual va jismoniy kamolotiga xizmat qiluvchi hamkorlik loyihalarini kelgusida ham izchil davom ettiradi.