Image

EKSKURSIYA DAVOM ETMOQDA!

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi ekskursiya tashkil etildi.
 Axborot-bibliografiya xizmati rahbari M. Xaydarov tomonidan Samarqand tumani Yangi Hayot MFY yosh kitobsevari Farzonaxon Kamariddinova uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi.kskursiya davomida mehmon kutubxona fondidagi badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va sohaviy adabiyotlar, elektron resurslar hamda zamonaviy axborot xizmatlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bunday ekskursiyalar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kutubxona faoliyati va xizmatlarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer