- Admin
- 31.07.2026
- 726
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari juma kuni navbatdagi ma’rifiy soatni o’tkazdilar.
Ma’rifiy soat davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy qadriyatlarni asrash, yoshlar ongida vatanparvarlik, milliy g’urur va kitobga mehr tuyg’usini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda xodimlar o’zaro fikr almashib, kitobxonlarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatish, zamonaviy kutubxonachilik faoliyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berdilar.