- Admin
- 03.08.2026
- 638
Yozgi ta'tilda kutubxonaga sayohat!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazayotgan Gulobod MFYning kichkintoylari uchun navbatdagi ekskursiya tashkil etildi.
Axborot-abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi M.Djumayeva bolajonlarni kutubxona bo‘ylab sayohat qildirib, ularni rang-barang ertaklar, bolalar adabiyoti, qiziqarli kitoblar hamda kichik kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirdi.
Ekskursiya davomida bolalar kutubxona qoidalari, kitoblardan to‘g‘ri foydalanish va mutolaaning ahamiyati haqida ham qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Har bir ertak – ezgulikka boshlovchi yo‘l, har bir kitob esa yangi olamga ochilgan eshik!