- Admin
- 06.08.2026
- 748
"Yoshlar kuni" – Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni
"Yoshlar kuni" – Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi direktori N. Kaxorova boshchiligida bir guruh yoshlar Samarqand tumanida faoliyat yuritayotgan "Marhamat IT Academy" ga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida sun'iy intellekt va zamonaviy IT texnologiyalarining imkoniyatlari, raqamli savodxonlikni rivojlantirish hamda yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bugungi kunda ChatGPT, Gemini va boshqa sun'iy intellekt vositalari ta'lim, ijod va kundalik faoliyatda ishonchli yordamchiga aylanib bormoqda.
Bilim, innovatsiya va texnologiya uyg‘unligi — porloq kelajak sari muhim qadam