Image

“Yoshlar kuni” doirasida — ZAKOVAT bellashuvi!

“Yoshlar kuni” doirasida — ZAKOVAT bellashuvi!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” munosabati bilan tumandagi “Kelajak markazi”da yoshlar ishtirokida qiziqarli “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
 Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy muloqot qilinib, buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning hayoti, ijodi va boy ma’naviy merosiga oid qiziqarli savollar o‘rtaga tashlandi.
 Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va topqirligini namoyon etib, har bir savolga jamoaviy hamjihatlik bilan javob izladilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
 Zakovat — bu nafaqat bilim, balki tafakkur, jamoaviylik va topqirlik sinovi!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer