- Admin
- 18.08.2026
- 154
A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi. 2026-yil 17–21-avgust kunlari “Elektron ku
A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
2026-yil 17–21-avgust kunlari “Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” yo‘nalishidagi o‘quv kursi Respublika axborot-kutubxona markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.
O‘quv kurslarining asosiy maqsadi tinglovchilarning kasbiy salohiyati va malakasini oshirish, ularga sohaga oid zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish hamda axborot-kutubxona muassasalari faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirishdan iborat.