- Admin
- 20.08.2026
- 418
“Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan uchrashuv
“Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan uchrashuv
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sharipov Baxtiyor ishtirokida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtiroki, huquq va imkoniyatlari, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, “Rahbar bir kunlik” loyihasi doirasida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va markaz direktori N. Kaxorova ham faol ishtirok etdilar.
N. Kaxorova o‘z so‘zida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy salohiyatini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.