Image

Mustaqillik — buyuk yutuqlar va yangi imkoniyatlar davri!

 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi rahbari N. Kaxorova boshchiligida hamda markaz xodimlari bilan birgalikda Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida mazmunli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda rahbar va yoshlar ishtirokida yurtimiz taraqqiyoti, ta’lim, madaniyat, sport hamda boshqa sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida fikr almashildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Vatanimiz kelajagi va o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari haqida fikrlarini bildirdilar.
 Yangi O‘zbekiston — yoshlar bilan, yoshlar uchun!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer