Image

KO‘CHMA KUTUBXONADA KITOBLAR ALMASHINUVI

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, foydalanuvchilarning yangi adabiyotlardan bahramand bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘chma kutubxonada kitoblar almashinuvi tashkil etildi.Ko‘zi ojizlar kutubxonasi rahbari Yunusova Aziza hamda Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Abduraxmanova Maftuna ishtirok etdilar. Kitoblar almashinuvi orqali kutubxona fondini boyitish, foydalanuvchilarga yanada keng va mazmunli adabiyotlarni taqdim etish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer