Image

“BEMOR”

Ba’zan birgina asar insonni o‘ylashga, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi ham ana shunday ta’sirchan asarlardan biridir.Asarda oddiy bir oilaning og‘ir hayoti, bemorlik, nochorlik va insonning taqdir oldidagi ojizligi ta’sirchan tasvirlanadi. Yozuvchi kundalik hayotdagi oddiy voqea orqali jamiyatdagi muhim muammolarni ochib beradi.
 Kuz — mutolaa uchun eng go‘zal fasllardan biri. Sokin kunlarda yaxshi kitob bilan suhbat qurish, o‘zimizga kerakli xulosalarni olish uchun ayni fursat. “Bemor”ni o‘qing — undagi ta’sirchan voqealar, insoniy kechinmalar va hayot haqidagi haqiqatlar sizni befarq qoldirmaydi.
 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi
Kitobsevarlar uchun eshiklarimiz doimo ochiq!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer