Image

Gulobod tongi xodimlari kutubxonada

Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Gulobod tongi” xodimlari bilan ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida mehmonlarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. 
Tashrif davomida kitob mutolaasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va zamonaviy kutubxona xizmatlari haqida qiziqarli suhbatlar olib borildi.
Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer