- Admin
- 07.09.2026
- 220
BIBLIOGRAFIK SHARH
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida navbatdagi bibliografik sharh tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla fuqarolariga kutubxona fondiga yangi qabul qilingan badiiy va ilmiy adabiyotlar, gazeta hamda jurnallar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga zamonaviy nashrlar, qiziqarli asarlar va mutolaa uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar tanishtirildi.
Kitob — yangi bilimlar, yangi fikrlar va yangi imkoniyatlar sari yo‘l!
Siz ham kutubxonamizga tashrif buyuring va o‘zingizga mos, qalbingizga yaqin asarni toping!