- Admin
- 08.09.2026
- 198
MALAKA OSHIRISH — TAJRIBA VA BILIM ALMASHINUVI
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda kutubxona xizmatlari sifatini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.Markazning Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari M. Abdurahmonova, mazkur xizmat mutaxassisi M. Djumayeva hamda Bibliografiya xizmati rahbari M. Xaydarova A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyati hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kursida ishtirok etib, o‘z bilim va kasbiy malakalarini oshirib qaytdilar. Seminar-trening davomida xodimlar o‘quv kursida egallagan yangi bilimlar, zamonaviy ish usullari va amaliy tajribalarini markaz xodimlari bilan o‘rtoqlashdilar.