- Admin
- 08.09.2026
- 198
Kitobxonlik sari yana bir muhim qadam
Ochiq eshiklar haftaligi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazida izchil davom etmoqda.
Bugun markazda 52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida zamonaviy nashriyotlarda chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlarga so‘nggi yillarda nashrdan chiqqan badiiy, ilmiy-ma’rifiy hamda ommabop adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga kitob tanlash, mutolaa madaniyatini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda kitobning o‘rni haqida tavsiyalar berildi.
Samimiy muloqot va qiziqarli taqdimotlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni yanada ko‘proq mutolaa qilishga undadi.