- Admin
- 22.10.2026
- 308
KUTUBXONA — MA’RIFAT MASKANI!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga tez tibbiy yordam xodimlari tashrif buyurib, kutubxonamiz bo‘ylab ekskursiyada ishtirok etdilar.
Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonaning kitob fondi, adabiyotlar olami hamda kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Kutubxona faoliyati va kitob mutolaasining inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida suhbatlashildi.
Kitob — bilim manbai, mutolaa esa ma’naviyat sari yo‘ldir! Bunday uchrashuvlar turli soha vakillarining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif buyurgan mehmonlarimizga samimiy tashriflari uchun minnatdorlik bildiramiz!