- Admin
- 20.10.2026
- 352
Yangi adabiyotlar va davriy nashrlar — ma’naviyat va ma’rifat manbai!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yangi adabiyotlar va davriy nashrlar bilan tanishtirish ishlari olib borilmoqda.
Yangi kelgan adabiyotlar orasida badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar hamda turli mavzulardagi nashrlar kitobxonlar e’tiboriga havola etiladi. Shuningdek, gazeta va jurnallar orqali yurtimiz va jahonda yuz berayotgan yangiliklar, ijtimoiy hayot, madaniyat, fan va ta’lim sohalariga oid ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.