- Admin
- 21.10.2026
- 374
“Til — millat ko‘zgusi”
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Samarqand tuman Imkoniyati cheklangan kasb-hunar kolleji oʻquvchilari kutubxona xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixi, 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
Badiiy-musiqiy kecha davomida ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi rahbari tomonidan bayram bilan tabriklab taqdirlandilar. Buyuk mutafakkirlarimizning tilimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek tilining boyligi va go‘zalligi alohida ta’kidlandi.