Image

MAQSUD SHAYXZODA IJODI - MA'NAVIY MEROSIMIZ!

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi, iste’dodli shoir va dramaturg Maqsud Shayxzoda tavalludiga bag‘ishlab “Maqsud Shayxzoda ijodi — ma’naviy merosimiz” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 
Ko‘rgazmadan adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, uning mashhur asarlari hamda she’riy to‘plamlari o‘rin oldi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni ijodkorning boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlod qalbida kitobxonlikka bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qiladi. “She’riyat — qalbning eng samimiy tilidir.”
 Kitob — ma’naviyat manbai, mutolaa esa tafakkur kalitidir!
 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer