- Admin
- 29.10.2026
- 176
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — SHUKRONALIK, BORIGA SHUKR QILISH! Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand tuman bölinmasi rahbari Hojiqulov Xurshid Qahhorovich hamda “Nuroniy” jamğarmasi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida “Shukronalik — boriga shukr qilish” ğoyasi ostida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Samarqand tumanidagi 12-son musiqa maktabi öqituvchilari, Gulobod MFY xodimlari, shuningdek, 38-maktab öqituvchilari va öquvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida avlodlar örtasidagi mehr-oqibat, özaro hurmat, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ma’naviy merosimizni yosh avlodga yetkazishning ahamiyati haqida fikr almashildi. Katta avlod vakillarining hayotiy tajribasi va ibratli fikrlari yoshlarga hayot saboqlarini anglash, ezgu qadriyatlarni qadrlash va kelajakka ishonch bilan intilish borasida muhim örnak böldi.