- Admin
- 09.02.2024
- 1276
#Navoiy yodi ila yashaymiz mudom!
[ Альбом ]
#Navoiy yodi ila yashaymiz mudom!
✍Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand tuman Imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar maktabi, 38-IDUM o'quvchilari, Samarqand viloyati Milliy tiklanish demokratik partiyasi, tuman Madaniyat bo'limi, bilan hamkorlikda Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" mavzusidagi badiiy kecha o'tkazildi. Kechani Imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar maktabi direktor o'rinbosari J.Xalilov ochib berdi. Kutubxona direktori N.Qahorova so'zga chiqib kelganlarni tabriklab, tadbirni yaxshi o'tishiga omad tiladi. "Kitobsevarlar klubi" a'zolari tomonidan Navoiyning g'azallari, sahna ko'rinishi ijro etildi. Samarqand tuman Madaniyat bo'limi Shashmaqom ansambili a'zosi tomonidan Navoiy g'azalidan kuy va qo'shiq ijro etildi. Kechada ishtirok etgan barcha ishtirokchilar Samarqand viloyati Milliy tiklanish demokratik partiyasi va Kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Sam TAKM