- Admin
- 10.04.2023
- 1650
Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazi tumandagi Imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar maktabi va Gulobod tonggi gazetasi bilan hamkorlikda 10-15-aprel kunlari davomida bo'lib o'tadigan, "Kitobsevar millat" shiori ostida III Respublika "Kitobxonlik hafta
Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazi tumandagi Imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar maktabi va Gulobod tonggi gazetasi bilan hamkorlikda 10-15-aprel kunlari davomida bo'lib o'tadigan, "Kitobsevar millat" shiori ostida III Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimi o'tkazildi. Tadbirni ishtirokchi hamkorimiz Gulobod tonggi gazetasi Tojik sahifasi bo'limi xodimi, shoira Dilrabo Nasimiy ochib berdilar. Tadbirda o'quvchilar tomonidan she'rlar, raqslar namoyish etildi. Tadbirda faol ishtirok etgani uchun kutubxona markazi tomonidan Imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar maktabi kutubxonasiga O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobi sovg'a tariqasida berildi.