- Admin
- 10.12.2024
- 2332
#kun_tarixi 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun! Davlat madhiyasi — (yunon. humnos — gimn, tantanali qo‘shiq) Vatanni, davlatni, tarixiy voqealami, ularning qahramonlarini ulug‘lovchi sheʼriy-musiqiy asar, davl
#kun_tarixi
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Davlat madhiyasi — (yunon. humnos — gimn, tantanali qo‘shiq) Vatanni, davlatni, tarixiy voqealami, ularning qahramonlarini ulug‘lovchi sheʼriy-musiqiy asar, davlatning ramzlaridan biri. Madhiya tanatanali qo‘shiq bo‘lib, rasmiy davlat marosimlari, bayram tantanalarida, davlat delegatsiyalari, mehmonlarni kutib olish va kuzatish chog‘ida ijro etiladi. Davlat madhiyasi ijro etilganda hamma ishtirokchilar o‘rnidan turadi. Harbiylar qo‘llarini chakkalariga tekizgancha („chest“ berib) turadi, fuqarolar bosh kiyimlarini yechib, tikka, qo‘lni ko‘krakka qo‘yib tinglaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi gerb va bayroq bilan birga Oʻzbekiston Respubiikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respubiikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlangan.