- Admin
- 29.01.2025
- 1760
#Behbudiy_150_yoshda Mahmudxo‘ja Behbudiy - buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. Tarjimai holi U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida muft
#Behbudiy_150_yoshda
Mahmudxo‘ja Behbudiy - buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri.
Tarjimai holi
U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida muftiy oilasida dunyoga keldi. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, amir Shohmurod zamonida (1780-1785 yillar) Samarqandga kelib qolgan.
Oiladagi muhit undagi ma’rifat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishning tezroq ro‘yobga chiqishiga imkon tug‘dirdi. Behbudiyning otasi islom xuquqshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis bo‘lib, bu borada ko‘plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu o‘z navbatida Mahmudxo‘jaga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ✅
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Website | YouTube