- Admin
- 06.02.2025
- 748
#Behbudiy_150_yoshda Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mah
#Behbudiy_150_yoshda
Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi. O‘lkamizni bosib olgan Rossiya imperiyasi uzoq yillar zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinayotgan bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lishdan saqlab qolish, avlodlarni ozodlik va mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning izdoshlari zimmasiga tushgandi. Ular Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktablar tashkil etib, ulardagi o‘qitish tizimini isloh qildi. Xususiy maktablar ochib, bolalarga diniy fanlar bilan birga aniq va tabiiy fanlarni o‘qitdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ✅
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Website | YouTube