• Asosiy
  • Yangiliklar
  • #kun_kishisi Bugun 10-iyun - O‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, taniqli yozuvchi, dramaturg va xalqimizning ...
Image

#kun_kishisi Bugun 10-iyun - O‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, taniqli yozuvchi, dramaturg va xalqimizning ardoqli farzandi Said Ahmad tavallud topgan kun. ???? Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkentda tug‘ilgan adib o‘zining hayotiy, teran ma

#kun_kishisi

Bugun 10-iyun - O‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, taniqli yozuvchi, dramaturg va xalqimizning ardoqli farzandi Said Ahmad tavallud topgan kun.

    ???? Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkentda tug‘ilgan adib o‘zining hayotiy, teran ma’noli va samimiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotining durdona sahifalarini bezagan.
???? Said Ahmad o‘z asarlarida oddiy insonlarning dardu tashvishlari, mehr-muhabbati va orzu-intilishlarini chuqur va ta’sirchan tasvirlay olgan. Uning "Ufq" trilogiyasi, "Jimjitlik", "Hukm" kabi asarlari orqali butun bir avlod o‘zini tanigan, o‘z hayotini ko‘rgan.
✨ Adib o‘z ijodida insoniylik, vijdon, halollik va mehr-oqibatni ulug‘lagan. Uning satrlarida xalqimizning ma’naviy boyligi, o‘zligimiz va ezgulikka intilish bor.
???? Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda olamdan o‘tgan bo‘lsa-da, asarlari qalblarda yashayapti, saboq berishda davom etmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring✅

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Website | YouTube

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer