• Asosiy
  • Yangiliklar
  • ???? Joriy yilning 26-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati ...
Image

???? Joriy yilning 26-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tomonidan navbatdagi metodik to‘garak bo‘lib o‘tmoqda. ???? Ushbu mashg‘ulot “Aholiga nostatsionar kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish”

???? Joriy yilning 26-iyun kuni  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tomonidan navbatdagi metodik to‘garak bo‘lib o‘tmoqda.

???? Ushbu mashg‘ulot “Aholiga nostatsionar kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, Zoom platformasi orqali onlayn va offlayn formatda o‘tkazilmoqda.

???? Mashg‘ulotni Ilmiy-metodik xizmat rahbari S. Kamilova hamda yetakchi mutaxassis X. Ashirmetova olib bormoqda. Amaliy tavsiyalar, ilg‘or yondashuvlar va tajriba almashinuvi orqali bu uchrashuv ishtirokchilarga katta bilim va mas'uliyat bag‘ishlamoqda.

???? Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ushbu metodik to‘garakda faol ishtirok etib, o‘z malakasini oshirmoqdalar.

???? Zamonaviy kutubxona — bu faqatgina kitob emas, balki yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va xalqimizga yaqin xizmat ko‘rsatish maskanidir.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ✅

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Website | YouTube

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer