Image

“INFOLIB UZBEKISTAN – 2025”

 “INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Yosh kutubxonachilar forumining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Hafta davomida axborot-kutubxona sohasidagi ilg‘or tajribalar almashinuvi, zamonaviy kutubxona texnologiyalarini namoyish etish, yosh mutaxassislar bilan ijodiy uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi — kutubxona sohasidagi yutuqlarni targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va axborot resurslari orqali bilimga oshno jamiyat barpo etishga xizmat qilishdir.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer