- Admin
- 10.11.2025
- 660
Ijodkor bilan uchrashuv
Ijodkor bilan uchrashuv
Nazm navo kechasi
“INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida ijodkor Djurakulova Farog'at aya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda tumandagi 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari hamda Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikum talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ijodkor o'zlarining sermazmun hayoti, go‘zal ijodi, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati haqida so‘zlab berdilar.
Yosh kitobxonlar tomonidan turli xil shoirlarning she’rlari ifodali o‘qilib, adabiyot va ma’naviyat ruhi yana bir bor yuksak tarannum etildi.