• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro ...
Image

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan, shuningdek 77-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan, shuningdek 77-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida keng qamrovli ma’rifiy ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholiga, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarga, zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda uchrab turadigan raqamli tahdidlar, onlayn tazyiq, kiberbulling, shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy tarqatilishi kabi xavf-xatarlar haqida to‘liq va tizimli axborot yetkazishdir.

Ko‘rgazmada raqamli makonda xavfsizlikni ta’minlashga oid qo‘llanmalar, onlayn huquqbuzarliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar, profilaktik targ‘ibot materiallari, jurnallar, infografikalar hamda mavzuga doir mahalliy va xorijiy adabiyotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer