- Admin
- 08.12.2025
- 1298
Konstitutsiya baxtimiz qomusi
1992-yil 8-dekabr Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxonada markazida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi"nomli kitob va rasmli ko'rgazma tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakatning asosiy qonuni bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining barcha asosiy tamoyillarini belgilab beradi. U 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishida muhim hujjat hisoblanadi.
Konstitutsiya davlat boshqaruvi tuzilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek ularning burchlarini aniq belgilab qo‘yadi. Unda inson qadr-qimmati eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, har bir fuqaroning yashash, ta’lim olish, mehnat qilish, fikr bildirish kabi asosiy huquqlari himoya qilinadi.