Image

8 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

8 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

Samarqand tumani axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan 38-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda “Loiqi Ozod” nashriyoti direktori, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Ozodjon Xidirov oʻquvchilar va ota-onalar faollarini bayram bilan tabriklab, Asosiy Qonunimiz boblariga tayanib, Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyoti va farovon hayotdagi oʻrni haqida soʻz yuritdi.
Shu kuni serqirra ijodkor, “Kitobi umr” toʻplami muallifi Ismatullo Ahrorqulovning Xalqaro Sadriddin Ayniy ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani tadbir ishtirokchilariga yuqori ruh bagʻishladi. Konstitutsiya belgilab bergan bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tamoyillari mamlakatimizda barqaror qaror topgani taʼkidlandi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer