- Admin
- 09.12.2025
- 770
Qadrli kitobxonlar
Yosh turk yozuvchilaridan biri Mirach Chag'ri Oqtosh o'zining <<Sen o'n yetti yoshimsan» nomli kitobi orqali o'quvchilarini javobsiz va alamli ishq hikoyasi bilan tanishtiradi. Mazkur asar sevgi, ishonch, mehr-oqibat, sadoqat, rashk va oila haqida qisqacha kechinmalardan iborat. Mirach Zumra bilan futbol o'yini chog'ida uchrashib, uni bir ko'rishdayoq sevib qoladi. O'shanda Zumra endigina 17 yoshda edi. Oilaviy hayotidan chuqur psixologik jarohatlar olgan Zumra Mirachning qalbida chuqur va unutilmas iz qoldiradi. Qo'lingizdagi asarda yozuvchining samimiy muhabbati va ko'ngil qo'ygan qizi bilan yo'llari tutashmagani sabablari, tafsilotlari ta'sirchan tarzda hikoya qilingan.