- Admin
- 10.12.2025
- 1188
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Yuqori Kengashining 20-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan