Image

9 dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Samarqand tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan 9 dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan qator ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shunday ahamiyatli tadbirlardan biri Samarqand tuman davlat arxivi jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o‘tdi va oddiy suhbat emas, balki kitobxonlik, ma’naviy-irfoniy ruh bilan sug‘orilgan adabiy tadbirga aylandi. Tadbirda so‘zga chiqqan jurnalist va yozuvchi Ozodjon Xidirov (Hamidzoda) jinoyatchilikning ildizi — ma’naviyatsizlik ekanini ta’kidlar ekan, kitob mutolaasining inson ongi va yuragidagi yovuz g‘oyalarga qarshi eng kuchli qalqon ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer