- Admin
- 17.12.2025
- 726
Kitobxon oila
Kitobxon oila
Samarqand tumani Gulbogʻ mahallasida yashovchi Mohira Hamroqulova 69 yoshda. U 9 nafar nabiraning mehribon va suyukli bibijonisi. Boʻsh paytlarini mazmunli oʻtkazishni xush koʻradigan Mohira opa ertak, doston va rivoyatlar oʻqishni hayotining ajralmas qismiga aylantirgan.
Oʻqigan kitoblaridan olgan ibratli fikr va hikmatlarni nabiralariga soʻzlab berar ekan, ularni ham kitobxonlikka, maʼnaviyatga oshno boʻlishga undaydi. Shu orqali yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, komil inson boʻlishga intilish tuygʻusini shakllantirmoqda.
— Tumanda Axborot-kutubxona markazi tashkil etilgani juda katta shodlik. U yerdan nabiralarim va qoʻshnilarim orqali kitoblar olib oʻqiyman. Hatto xasta boʻlgan paytlarimda ham kitob menga ruhiy ozuqa, kuch va umid bagʻishlaydi. Nabiralarimning kitob oʻqib, bilimli va komil inson boʻlishga harakat qilayotgani men uchun eng katta baxt, — deydi Mohira Hamroqulova.