- Admin
- 19.12.2025
- 638
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida milliy ruhda ish boshlandi.
Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi o‘z ish faoliyatini milliy liboslarda boshladi. Bu nafaqat xalqimizning boy madaniy merosini yodga olish, balki milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ularni zamonaviy hayot tarzimizga uyg‘unlashtirish yo‘lidagi chiroyli tashabbus bo‘ldi.Har bir naqsh, rang va tikuv uslubi ma’lum bir hudud, urug‘ yoki davrga xos bo‘lib, milliy o‘zlikni saqlashga xizmat qiladi. Libos orqali inson o‘zining milliy qadr-qimmatini va g‘ururini namoyish etadi.