Image

Bugun

Bugun Samarqand tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi "Barkamol Avlod" maktabi o'quvchilari bilan Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek (1908-1968) tug'ilgan kuni munosabati bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Oybek (taxallusi Muso Toshmuhammad oʻgʻli 1905-1968) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. 
Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda, soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida boshlangʻich maʼlumot oladi. 
Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach, Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida va Leningrad xalq xoʻjaligi institutida oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent universitetida oʻqishni tugatadi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer