- Admin
- 12.01.2026
- 572
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 121-yilligi
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘zbek shoiri, yozuvchi, dramaturg, adabiyotshunos olim hamda jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 121-yilligi munosabati bilan “Badiiy so‘z sehrgari” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning boy ijodiy merosi — she’riy va nasriy asarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda Oybek hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar o‘rin oldi.
Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, buyuk adib ijodini yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.